O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, agar bu harakat amalga oshirilishidan
xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha
miqdorda jarima yoki ikki
yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(112-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan
bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan
ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(112-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakatlar o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi
munosabati bilan shaxsga
yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(112-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-
oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: