O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

113-modda. Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish
(113-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(113-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
08/02/23, 15:24
Стр. 61 из 228


ikki yuz qirq soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(113-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi
qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(113-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bila turib, boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga
OIV kasalligi/OITSni yuqtirish —
(113-modda to‘rtinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi
O‘RQ-248-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(113-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(113-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet
tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
(113-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son 
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling