O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Bolani almashtirib qo‘yish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

124-modda. Bolani almashtirib qo‘yish
Tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda qasddan bolani almashtirib qo‘yish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(124-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 
03/19/586
/4106-son)
125-modda. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish
Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim
yoki ota-ona g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan
qo‘riqlanadigan sirini oshkor qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(125-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) kasb faoliyati yoki xizmat mavqeyiga ko‘ra farzandlikka olishni sir saqlashi shart
bo‘lgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(125-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
153-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan
bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi nizom birinchi
bo‘limining (“Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish”) 
18-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qaroriga 1-ilova sifatida tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida Nizom”ning 
23-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyundagi 171-son qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan
“Bolalar uylari to‘g‘risida Nizom” 25-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-
dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni
qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
7-bandi
.
5
08/02/23, 15:24
Стр. 68 из 228


Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling