O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy qonuni «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»
Download 25.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-modda. Qonunning asosiy vazifalari
- 2-modda. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy prinsiplari
- 3-modda. O’zbekiston Respublikasida saylovlarni o‘tkazish muddatlari
- 4-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
- 5-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
- 6-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
- 7-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ishini tashkil etish
- 8-modda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati
- 9-modda. Qonunni qabul qilish
- 10-modda. Qonunni imzolash
O’zbekiston Respublikasining KONSTITUSIYAVIY QONUNI «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida» (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 y.,4-5-son, 60-modda;O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda; Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011 y., 12/1-son, 344-modda) 1-modda. Qonunning asosiy vazifalari Ushbu Qonun «O’zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq holda 2002 yil 27 yanvar kuni o‘tkazilgan hamda ikki palatali parlament tuzish va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ikki muhim masala bo‘yicha qaror qabul qilgan, shuningdek, demokratik va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish yo‘lini tasdiqlagan umumxalq ovoz berishi natijalaridan kelib chiqadigan asosiy yangi qoidalarni va amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlarni belgilaydi. Ushbu Qonun O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy, ochiq demokratik davlat barpo etishni hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni bosh maqsad qilib belgilagan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek referendumda bildirilgan xalq irodasiga asoslangan holda qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir ishlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonun ustuvorligini, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o‘rtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash; xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash; siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish; nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta’minlash; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma- bosqich o‘tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish. 3-modda. O’zbekiston Respublikasida saylovlarni o‘tkazish muddatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov muddatlari bir paytga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolat muddati bir yilga uzaytiriladi. 4-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi bo‘lib, ikki palatadan — O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata)dan hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata)dan iborat bo‘ladi (bundan buyon matnda tegishli ravishda Qonunchilik palatasi va Senat deb yuritiladi). 5-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Qonunchilik palatasi bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O’zbekiston ekologik harakatidan saylanadi; Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo‘lishi mumkin. Qonunchilik palatasining vakolat muddati — besh yil. 6-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) tarkib topadi. Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadilar. Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan va alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Senat a’zosi bo‘lishi mumkin. Senatning vakolat muddati — besh yil. 7-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ishini tashkil etish Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi. Qonunchilik palatasining deputatlari o‘z vakolatlari davrida ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa turdagi haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Senat ishi vaqti-vaqti bilan chaqiriladigan Senatning yalpi majlislari hamda qo‘mitalari (komissiyalari) majlislaridagi senatorlarning faoliyatiga asoslanadi. Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi bo‘lishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari hamda faoliyat ko‘rsatish tartibi, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senat a’zolarining maqomi qonunlar bilan belgilanadi. 8-modda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati Umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati besh yil.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullangach, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingan taqdirda yuridik kuchga ega bo‘ladi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha o‘qishda ko‘rib chiqadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi. Senat qonunni ko‘rib chiqadi hamda uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi. Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin. Komissiyada kelishuvga erishilsa, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Bu holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va ma’qullash uchun Senatga yuboriladi. Qonunlar belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin. Qonunlarni ishlab chiqish, kiritish va muhokama qilish tartiboti O’zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining reglamentlari bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kun ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘ttiz kun ichida qonunni imzolaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni o‘tkazish uchun qonunni o‘z e’tirozlari bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi kerak. Imzolangan qonun qonunda belgilangan tartibda chop etilishi (e’lon qilinishi) kerak. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV
Toshkent sh., 2002 y. 4 aprel, 350-II-son Download 25.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling