40-modda.
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
41-modda.
Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
42-modda.
Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. X bob. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari
43-modda.
Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.
44-modda.
Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-
harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga qarang.
45-modda.
Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.
46-modda.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |