O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qabul qilinishi


Download 131.03 Kb.
bet7/16
Sana02.06.2024
Hajmi131.03 Kb.
#1837760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Ikkinchi tamoyil – demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqat. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqda "inson qadr-qimmati" tushunchasi har bir inson hurmatga loyiq ekanligini tushunishga asoslangan tenglik va shaxsiy erkinlik tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarda ta’kidlanganidek, erkinlik – shaxsning o‘z huquqlarini amalga oshirishida davlat aralashuvining yo‘qligini anglatadi. Shu ma’noda, konstitutsiyaviy islohotlarda huquqiy, ijtimoiy davlat imperativini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Birdamlik, adolatli ijtimoiy siyosat, inson kapitalini rivojlantirish tamoyillari ustuvorligiga tayanildi.
Ijtimoiy davlat – qat’iy bozor iqtisodiyoti, turli pandemiya va epidemiyalar sharoitida o‘z fuqarolariga muayyan minimal farovonlikni kafolatlaydigan davlat. Yangi O‘zbekistonning asosiy maqsadi har bir fuqaroga g‘amxo‘rlik qilish, inklyuziv rivojlanish, aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash ekanini ham ta’kidlash zarur.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasida davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlariga taalluqli normalar 3 barobar ko‘paydi. Eng muhimi, Asosiy Qonunimizda birinchi marta “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” (1-modda), degan norma belgilandi.
Uchinchi tamoyil – hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglash (avlodlar huquqlari tengligi prinsipi), shuningdek, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil intilish.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina rivojlangan davlatlar, global iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda, o‘z Konstitutsiyalariga maxsus ekologik bo‘limlarni kiritmoqda. Jumladan, dunyoning 100 dan ortiq davlati Konstitutsiyalarida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ehtiyojlariga javob beradigan ekologik huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari mustahkamlangan.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz yangi xususiyatlarining tahlili bu boradagi normalar mustahkamlangani va yanada kuchaytirilganini ko‘rsatadi. Xususan:

  • atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash (115-modda);

  • har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash (49-modda);

  • davlatning barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralarni amalga oshirish sohasidagi majburiyatlari (49-modda) shular jumlasidandir.


Download 131.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling