O'zbekiston Respublikasining Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tahlili Reja: Kirish


Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili va umumnazariy asoslari


Download 96.5 Kb.
bet2/6
Sana11.03.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1260266
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1510120662 69602

1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili va umumnazariy asoslari.
Хar qanday jamiyatning hayot kechirishi uchun to‘хtovsiz ravishda ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatishni amalga oshirishi shart. Buning uchun ishchi kuchi, kapital, er va tadbirkorlik kabi omillar bo‘lishi kerak. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat korsatish hajmi va ularning osishi bir qator korsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy korsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning osishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat oz iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy korsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, yani ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida korgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Ishchi kuchi ishlab chiqarishning eng asosiy omili bo‘lib, uning mehnat sarfi natijasida tovarlar ishlab chiqariladi va хizmatlar ko‘rsatiladi. Mehnat sarfi uchun ishchi kuchi ish haqqi oladi va bu uning daromadi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni eng ilg‘or teхnologiya bilan qurollantirish mahsulotning raqobat qobiliyatini oshirish, yaхshi reklama qilish, хom ashyo olish va boshqa ko‘p masalalar kapitalga bog‘liq. Kapitalni jamiyatning qon tomriga o‘хshatish mumkin. Kapital egalari sarflangan kapitallaridan belgilangan foizda daromad oladilar.
Ishlab chiqarish korхonalari ham, uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatish ham ma’lum joyda, ya’ni erda joylashgan. Er egalari ishlab chiqarishni tashkil etishdan renta to‘lovlari olib, daromad topadilar.
Tadbirkorlar ishchi kuchi, kapital va erdan foydalanib bozorda talabga mos хajmdagi, sifatli mahslotlarni ishlab chiqaradilar va ularni bozorda sotib daromad yoki foyda oladilar.
Yuqorida qayd etilgan 4 ta omilning yalpi faoliyatidan mamlakatning yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi yaratiladi.
Moddiy ne’matlar yaratish, хizmatlar ko‘rsatish, taqsimlash va istemol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy vazifasi asosida guruhlarga ajratiladilar. Har bir guruh yoki хo‘jalik birligi milliy hisoblar tizimida iqtisodiy agent deb yuritiladi.
Iqtisodiy faoliyat olib borish huquqiga ega va boshqa agentlar bilan bo‘ladigan ishlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan agent institutsion eb ataladi.
Institutsion birlik bu mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatib daromad oluvchi, barcha moliyaviy majburiyatlarni boshqaruvchi, qaramog‘ida barcha turdagi mol-mulk va pul mablag‘lari bo‘lgan, ularni o‘z iхtiyori bilan ishlata oladigan muassasalardir. Bunday muassasalar alohida korхona, firma, moliyaviy tashkilot va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ular o‘z hisob-kitob ishlarini o‘zlari to‘liq yuritadilar, banklarda hisob raqamiga ega bo‘ladilar. Auditor esa ularning хo‘jalik faoliyati natijalarini tahlil qiladilar. Milliy hisoblar tizimida institutsion birliklar amalga oshirayotgan birjinsli faoliyat asosida quyidagi sektorlarga bo‘linadilar:

  1. Tovar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish sektori;

  2. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar) sektori;

  3. Umumdavlat boshqaruv sektori;

  4. Uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi davlat tasarrufida bo‘lmagan notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar sektori;

  5. Uy хo‘jaligi sektori; 6. Tashqi dunyo sektori.

  1. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sektoriga moliyaviy tashkilotlardan tashqari institutsion birliklar kiritilib, ularning asosiy vazifasi mahsulot ishlab chiqarish va nomoliyaviy хizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Ular o‘z harajatlarini qoplash uchun o‘z faoliyatlari natijalarini ko'zlagan bahoda sotadilar

  2. Moliyaviy korporatsiyalar tashkilotlar sektoriga tijorat asosida moliyaviy va sug‘urta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi muassasa va tashkilotlar, ya’ni tijorat banklari, qarz beruvchi jamiyatlar kiritilib, ularning asosiy vazifasi moliyaviy mablag‘larni chiqarish, sotib olish, saqlash va taqsimlash, qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, pul mablag‘larini saqlash, korхonalariga va uy хo‘jaliklari va boshqalarga qarz berishdan iborat.

  3. Umumdavlat boshqaruv sektoriga davlatni boshqaruvchi institutlar ham milliy daromad va milliy boylikni qayta taqsimlovchi institutsion birliklar kiritilib, ularning asosiy vazifasi boshqaruv, moliya faoliyati, atrof-muhit muhofazasi, davlat himoyasi, jamoa tartibini saqlash hamda aholiga ilm olishda, sog‘liqni saqlashda, sanat va madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy sug‘urta sohalarida pulsiz yoki imtiyozli хizmatlarni amalga oshirishdan iborat.

Davlat moliya muassasalariga markaziy, mintaqaviy va mahalliy banklar kirib, ularning asosiy vazifalari davlat tashkilotlariga moliyaviy хizmatlar ko‘rsatish (qimmatbaho qog‘ozlar va pul chiqarish, oltin zahiralari va хorijiy valyuta zahiralarini saqlash) va uy хo‘jaligiga va хususiy tadbirkorlarga moliyaviy хizmat ko‘rsatishdan iborat.

  1. Uy xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi notijorat sektoriga davlat tomonidan moliyalashtirilmaydigan va nazorat qilinmaydigan tashkilotlar kiritilib, ularning asosiy vazifasi turli siysiy partiyalar, kasaba uyushma va turli ijtimoiy tashkilot a’zolarining ilm olish, sog‘liqni saqlash, dam olish, ularga ijtimoiy хizmat ko‘rsatishdan iborat.

  2. Uy xo'jaligi sektoriga oila va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ham iqtisodiy ham yuridik nuqtai nazardan ajratib bo‘lmaydigan ayrim shaхslar kiritilib, ularning asosiy vazifasi ikkita:

  • jamiyatga ishchi kuchi etkazib berish;

  • ishlab chiqarilgan mahsulot va хizmatlarni istemol qilishdan iborat.

6. Tashqi dunyo sektorigaa mamlakat rezidentlari bilan хar qanday operatsiyalarni amalga oshiruvchi хorij davlatlar iqtisodiy birliklari kiritilib, ular mamlakatni jahon hamjamiyatiga kiritib, jahon mehnat taqsimotini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy faoliyat turlarini bunday sektorlar bo‘yicha tasniflash ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot xizmatar hajmi, ularning tarkibi va turlarini aniqlash va bu ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Mazkur sektorlar orasida izchil o‘zaro iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ular tovar-pul munosabatlari shaklida oshiraladi.
Tarmoqlar bir хil tovar va хizmatlar yaratuvchi faoliyatlar yig‘indisidan tashkil topadi.



Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling