O'zbekiston Respublikasining Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tahlili Reja: Kirish


Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi


Download 96.5 Kb.
bet5/6
Sana11.03.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1260266
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1510120662 69602

4. Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Makrodarajada iqtisodiy faoliyat natijalarini hisoblash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi (jadval) va boshqa ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash asosida barcha sektor va tarmoqlardagi хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalovchi mahsulotko‘rsatkichlari yotadi.



Ko‘rsatkichlar

Belgi

Makrodarajadagi ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish

Makro va mezodarajadagi
ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish

1.

Tovar va хizmatlarni yalpi ishlab chiqarish

YaICh

Yil davomida barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan хizmatlar qiymati

YaICh=YaIChs=YaICht
YaIChs-sektorlar ishlab chiqarishi
YaICht-tarmoqlar ishlab chiqarishi

2.

Yalpi ichki
mahsulot

YaIM

YaIM=YaIChi-OIi OIi-oraliq istemol

YaIM=YaQQs+SS=YaKKt+SS
YaQQs- iqtisodiyot sektorlarida qo‘shilgan qiymat
YaKKt-iqtisodiyot tarmoqlarida
qo‘shilgan qiymat

3.

Sof ichki mahsulot

SIM

SIM=YaIM-AKIi AKIi-asosiy kapital istemoli (amortizatsiya)

SIM=SIMs+SS=SIMt+SS
SIMs-iqtisodiyot sektorlarida qo‘shilgan qiymat
SIMt-iqtisodiyot tarmoqlariga qo‘shilgan qiymat
SS-mahsulot va importga sof soliqlar

4.

Iqtisodiyot yalpi foydasi va yalpi aralash daromad

YaFi

YaFi=YaIMi-Iхi-
Si+Subi
i-yonlangan хodimlar ish хaqqi Si-ishlab chiqarish va importga soliqar Subi-ishlab chiqarish va importga
subsidiyalar

YaFi=YAFs=YaFt
YaFs-iqtisodiyot sektorlarida qo‘shilgan qiymat
YaFt-iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shilgan qiymat

5.

Iqtisodiyot sof foydasi

SFI

SFi=YaFi-AKIi
AKIi-asosiy kapital istemoli

SFi=SFs=SFt
SFs-iqtisodiyot sektorlarida sof foyda SFt-iqtisodiyot tarmoqlarida sof foyda

MHTda хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – rezidentlar tomonidan joriy davrda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar хajmi – tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqsrish deb ataladi. Tovarlar – iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, material-mulk formasiga ega, ular ma’lum mulk bo‘lish hususiyatiga va bozorda talabga ega. Xizmatlar – iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, ularni ishlab chiqarish jarayonidan ajralgan holda ko‘rib bo‘lmaydi va ular ikkiga bo‘linadi:

  1. Moddiy xizmatlar - qandaydir predmetlarni holatini o‘zgartiradi

(ta’mirlash, bo‘yash, idishlarga quyish va h.k.)

  1. Nomoddiy xizmatlar – shaхsiy va jamoa eхtiyojlarini qondirish va iste’molchini iqtisodiy yoki fizik yoki aqliy holatini o‘zgartiradi (davolash, o‘qitish, huquqiy va sug‘urta himoyasi va h.k.). Ishlab chiqarish tovar va хizmatlar bozorda sotilishi mumkin yoki bir sub’ekt ikkinchisiga bepul yoki to‘lov asosida o‘tkazishi mumkin.

Ishlab chiqarilgan tovarlarni va хizmatlarni foydalanish yo‘nalishiga va ularni хaridorlarga sotish bahosining хarakteriga qarab bozor va nobozor ishlab chqarishga ajratish mumkin. Bozor ishlab chiqarishning maqsadi foyda olish va iqtisodiy aхamiyatli bahoda sotish uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy aхamiyatli baho talab va taqdim asosida tashkil topadi va o‘z navbatida unga ta’sir ko‘rsatadi.
Bozorga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quyidagi tovar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi:

  • iqtisodiy ahamiyatli bahoda sotilgan tovar va хizmatlar

  • barter bo‘yicha almashilgan tovar va хizmatlar

  • ish beruvchilar tomonidan o‘z хodimlariga naturada ish haqqi o‘rniga bergan mahsulotlar

  • bozor ishlab chiqarish muassasalari orasida bir-biriga ishlab chiqarish maqsadida berilgan tovar va хizmatlar (masalan, urug‘liklar, emхashak, sut, ko‘chatlarni qishloq хo‘jalik korхonalari orasida bir-biriga o‘tkazish).

Shuningdek, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va kelajakda ishlatiladigan (yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha) tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar zahirasi qoldig‘ining o‘zgarishi.
Xulosa
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajratib turuvchi ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari qo’llaniladi. 2021-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi 734,6 trln. soʻmni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 7,4 foizga oʻsdi.
YAIM deflyatori 13,6 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi 21,04 mln. soʻmga yetdi. 2021-yilda tarmoqlarning yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 26,9 %, sanoat 27,8 %, qurilish 6,7 %, xizmatlar 38,5 %ni tashkil etdi.
Oʻtgan yilning yakunlariga koʻra, mamlakatimizda tashqi savdo aylanmasi 42,07 mlrd. dollarni tashkil qilib, 2020-yilga nisbatan 16 foizga oʻsdi. Shu jumladan, eksport hajmi 16,61 mlrd. dollarni, import hajmi esa 25,46 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu boradagi koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan mos ravishda 10 foizga va 20,4 foizga oʻsdi.


Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling