O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

123-modda. Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish
Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yo‘lovchilar transportidan axlat
yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish —


Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(123-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
124-modda. Transportda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish
Transportda belgilangan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(124-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
125-modda. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik
kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl va mopedlar haydovchilarining
motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, —
(125-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-411-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Haydovchilarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik
ko‘rikdan o‘tkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo‘lgan yoki
qonunchilikda belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan
bolg‘acha bilan jihozlanmagan, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida to‘xtaganligini
bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek ishlayotganida
tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi
belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarishi, —
(125-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan
yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yo‘lovchi tashishni amalga oshiradigan
avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz) yoki taxograflarni o‘chirgan holda boshqarishi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)


Oldingi
 tahrirga qarang.
Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat
raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish —
(125-modda beshinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi
O‘RQ-125-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 504-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi
shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport
vositasini boshqarish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda oltinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari
vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda
saqlash —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki
baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda yettinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
125
 (mopedlardan tashqari), 
125

126

127

128

128

128

128

128

128

128
,
129

130

131

133

134

135

135

136

139

140

141-moddalarida
transport vositalari deyilganda barcha
turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xo‘jalik, melioratsiya, yo‘l-qurilish mashinalari va boshqa
o‘ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik
transport vositalarini tushunmoq kerak.
(125-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling