(128 -modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40
kilometrdan
ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil
davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining
belgilangan harakat
tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan
kattalikda xuddi
shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan
harakat tezligini
soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash
miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(128 -modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu moddaning
birinchi —
beshinchi qismlarida
nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir
etilganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar va transport
vositalari spidometrlari
ko‘rsatkichlaridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jami xatolar hisobga olinib,
ular qayd etgan
tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, ma’muriy jazo chorasi qo‘llaniladi.
(128 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli
Qonuniga
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: