O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet116/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

136-modda. Transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa
ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan
bo‘yin tovlashi
Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki
o‘zgacha tarzda mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan
o‘tishdan bo‘yin tovlashi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga
mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(136-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs
tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh
sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(136-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
nazarda tutilgan huquqbuzarlikning moped, velosiped
haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
1
1
1
1
1


(136-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh
prokuraturasining 2018-yil 20-noyabrdagi 52, 74, 11-192-18, 68-qq-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport
vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 
12-bandi
.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling