O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Nosoz transport vositalarini yo‘lga chiqarish va transport vositalaridan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet118/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

139-modda. Nosoz transport vositalarini yo‘lga chiqarish va transport vositalaridan
foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan
transport vositalarini yo‘lga chiqarish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(139-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nosozligi bo‘lgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan
yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yo‘lga chiqarish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(139-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati
qoidalariga 3-ilova Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi 
shartlar
.
140-modda. Mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi
bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish
Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan
haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport
vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(140-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling