O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

135 -modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini buzish
(135 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
sug‘urta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi
shuningdek faqat mazkur sug‘urta polislarida ko‘rsatilgan haydovchilar ayni shu transport
vositalarini boshqarishi to‘g‘risida mazkur sug‘urta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan
holda transport vositalarini boshqarish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(135 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-
734-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan
majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilmasligi, xuddi shuningdek, agar
bunday majburiy sug‘urta qilinmaganligi oldindan ayon bo‘lsa, transport vositalarini boshqarish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa —
ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(135 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-
734-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-155-son “Transport vositalari
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 
qoidalari
”.
(135 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-156-sonli 
Qonuni 
bilan kiritilgan
— O‘R QHT, 2008-y., 17-son, 129-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling