O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

132-modda. Kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi
Kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi, shuningdek
kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki
o‘zgacha tarzda mast holdagi shaxslarga topshirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki kema
haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
(132-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-
martdan kuchga kiradi)
133-modda. Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi
jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib
kelishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil
tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bundan jabrlanuvchiga
yengil tan jarohati yetkazilishiga olib kelmagan yo‘l-transport hodisasi sodir etilganda yo‘l-transport
hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma
tuzilgan hollar mustasno —
(133-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-
711-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil
27-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima
solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga
mahrum etishga sabab bo‘ladi.
(133-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
miqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi.
(133-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling