Haydovchilarning
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan
shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(141-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
142-modda. Xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzish
Temir yo‘l, havo va suv transportida qo‘l
yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez
alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(142-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 24-avgustdagi
131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish
qoidalari
” (O‘zR AQ-198)”, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish
qoidalari
”.
Yuk saqlash kamerasiga portlovchi,
tez alangalanuvchi, zaharli va badbo‘y moddalar va
ashyolarni topshirish —
Oldingi
tahrirga qarang.
ana shu moddalar va ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yib yoki olib qo‘ymay yoxud
musodara
qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(142-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda,
avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez
alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha
miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(142-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Do'stlaringiz bilan baham: