O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

146 -modda. Tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
majburiyatini bajarmasligi
Tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun
qonunda belgilangan o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini
bajarmasligi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(146 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
 Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
147-modda. Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik
vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yo‘llarga, temir yo‘ldan o‘tish joylariga, yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki
texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yo‘l harakatiga qasddan, shu jumladan yo‘l
qoplamasini ifloslantirish yo‘li bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yo‘llarini
o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida
ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni
saqlash qoidalarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga
esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(147-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘llarni, temir yo‘ldan o‘tish joylari va boshqa yo‘l inshootlarini harakat
uchun xavfsiz holda saqlash qoidalarini buzish yoki yo‘lning ayrim qismlaridan foydalanish harakat
xavfsizligiga tahdid etadigan paytda ularda harakatni o‘z vaqtida taqiqlash yoki cheklash
choralarini ko‘rmaslik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1


mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(147-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling