Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini,
turar joyni ijaraga berish
shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq
organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(159 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining
539
,
626 -moddalari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
160-modda. Uylarni qurish qoidalarini buzish
Uylarni, xo‘jalik va ro‘zg‘or binolarini qurish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(160-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
160 -modda. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish
tartibini buzish
Fuqarolar tomonidan turar joylarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida vaqtincha
bo‘sh turgan joy sifatida hisobga qo‘yish tartibini buzish —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(160 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini buzish —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n
baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(160 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Egasiz turar
joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
nizom
”.
Do'stlaringiz bilan baham: