175 -modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(175 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 1-yanvardan
kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobi
subyektining va (yoki) buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari tomonidan bajarmaganlik, shu
jumladan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda
ishonchliligini ta’minlamaganlik, shuningdek aktivlar va majburiyatlarning inventarizatsiyasini
o‘tkazmaganlik, —
(175 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi
O‘RQ-726-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son —
2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(175 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-
734-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(175 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-
734-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-apreldagi O‘RQ-404-son “Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining
9-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
1
1
1
1
1
Do'stlaringiz bilan baham: |