O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet144/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

174 -modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(174 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Emitentlar va qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborotni, hisobotlarni e’lon qilmaslik yoki o‘z
vaqtida e’lon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoxud axborotni
topshirmaslik yoki o‘z vaqtida topshirmaslik, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Emitentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga
zarar yetkazmagan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning belgilangan tartibini emitentlar tomonidan buzish
investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishning belgilangan
tartibini qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174 -modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Investorlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha hisob va
hisobotning belgilangan tartibini buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1
1
1
1
1


mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174 -modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Tegishli daromadlarni investorlarga to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174 -modda oltinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini
bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174 -modda yettinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan investorlar va davlat nazorati organlarini
atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalg‘itish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174 -modda sakkizinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-
son)
Ushbu moddaning 
uchinchi

to‘rtinchi

yettinchi
va 
sakkizinchi qismlarida 
nazarda tutilgan
huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish

Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174 -modda to‘qqizinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-
son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyundagi O‘RQ-387-son “Qimmatli qog‘ozlar bozori
to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) 
Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling