176 -modda. Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish
Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda
jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor
shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(176 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan to‘liq jihozlangan taksilarning haydovchilari
tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay
yo‘lovchilarni tashish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda
jarima solishga sabab bo‘ladi.
(176 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘nalishsiz
taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida
nizomning
7-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli “Aholiga
transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi
ikkinchi
xatboshisi
.
LexUZ sharhi
2
Do'stlaringiz bilan baham: |