Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan pochta manzili (joylashgan eri),
bank rekvizitlari
o‘zgarganligi to‘g‘risidagi yoki o‘zi qayta ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘n kunlik
muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolg‘on ma’lumotlarni
taqdim
etish—
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(176 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik
subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga 7-ilova Ro‘yxatdan o‘tkazish
ma’lumotlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) shart bo‘lgan o‘zgartirishlari va
qo‘shimchalarining
ro‘yxati
.
Oldingi
tahrirga qarang.
176 -modda. Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz
shug‘ullanish
Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining
yetti baravari miqdorida,
mansabdor shaxslarga
esa — o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(176 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil
transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”ning
2-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va
qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga
oshirish to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: