O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar
-modda. Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 171-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish
170-modda. Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang. Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish — (170-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda) Oldingi tahrirga qarang. valyuta boyliklari musodara qilinib, o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (170-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-sonli “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni . Oldingi tahrirga qarang. 171-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko‘zlamay turib vaqtida yoxud to‘liq o‘tkazilmaslik — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (171-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Valyuta tushumining bir qismini qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan bo‘yin tovlash — (171-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ- 683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (171-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (171-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ushbu moddaning birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (171-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida nizom ”. Oldingi tahrirga qarang. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling