O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tovarlarni (mahsulotlarni) ularning sifatini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

166-modda. Tovarlarni (mahsulotlarni) ularning sifatini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotish
yoki majburiy ravishda raqamli markirovkalash qoidalarini buzish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning oziq-ovqat mahsulotlarini va sanoat tovarlarini
(mahsulotlarini) ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotishi,
1
1
1
3


xuddi shuningdek sotish maqsadida olish —
tovarlarni (mahsulotlarni) musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch
baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
tovarlarni (mahsulotlarni) musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh
baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan eri to‘g‘risida axborot mavjud
bo‘lmagan tovarlarni realizatsiya qilish, xuddi shuningdek realizatsiya qilish maqsadida olish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni)
ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy
raqamli markirovkalash qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Ushbu moddasining to‘rtinchi qismi 2022-yil 13-sentabrdan kuchga kiradi.
(166-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli 
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son — 2022-yil 13-iyundan kuchga kiradi)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling