O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet136/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

165 -modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni
o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori
vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida
realizatsiya qilish, shuningdek dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish
tartibini buzish
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida
ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki
tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, —
mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy
hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki
psixotrop moddalar mavjud bo‘lmagan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish
tartibini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha
chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(165 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son — 2020-yil 23-oktabrdan kuchga
kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi qismi
tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori
vositalari bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishda qo‘llanilmaydi.
(165 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
186 -moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni
saqlash vazirining 2018-yil 27-martdagi 17-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy
buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi
to‘g‘risidagi 
nizom
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling