179 -modda. Birja faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(179 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish
to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaslik —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(179 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(179 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-375-sonli “Birjalar va birja faoliyati
to‘g‘risida”gi Qonuni
22-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
179 -modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi
(ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa
shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, ya’ni to‘lovga
qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki
yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga zarar
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan bir yuz ellik
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(179 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
181 -moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-
avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan
bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash”
qoidalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |