O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet246/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

239-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini
buzishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari (diniy tashkilotlar bundan mustasno), shuningdek ularning
vakolatxonalari va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan (hisobga olinmasdan) faoliyatni
amalga oshirishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat
tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari
hamda ular xodimlarining biror-bir siyosiy faoliyatda hamda vakolatxonaning yoki filialning
ustavdagi maqsad va vazifalariga javob bermaydigan boshqa faoliyatda qatnashishi, ularning
siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan o‘tkaziladigan amaliy harakatlar hamda
tadbirlarni moliyalashtirishi, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va
shunday tashkilotlarni tuzishni qo‘llab-quvvatlashi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki
o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(239-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ramziy
belgilarni ishlatishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlari (siyosiy partiyalar bundan mustasno), ularning vakolatxonalari
va filiallari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning roziligisiz tadbirlar o‘tkazishi, xuddi shuningdek
nodavlat notijorat tashkilotlari o‘tkazayotgan tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ vakilining
erkin kirishini rad etish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-son buyrug‘i bilan
tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor
qilish tartibi to‘g‘risida 
nizom
”.


Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet
davlatlar fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi organning roziligisiz pul mablag‘lari va mol-mulk olishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi
organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi,
o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat
notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan
foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239-modda oltinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 27-iyundagi 336-son buyrug‘i bilan
tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida hisobot 
shakli
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling