O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet277/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

261-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
organlariga ushbu Kodeksning 
63-moddasida
, 65-moddasining 
to‘rtinchi qismida 
(bundan qishloq
xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 
68-moddasida 
(tabiatni
muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, suv fondi
yerlariga oid qismida), 
70-moddasida
(bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish
xavfsizligi mustasno), 70 -moddasining 
birinchi qismida

71-moddasida 
(tabiatni muhofaza qilishga
oid qismida), 
72-moddasida 
(bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 
73-moddasida
, 74-
moddasining 
birinchi
va 
uchinchi qismlarida

75-moddasida 
(bundan irrigatsiya tarmoqlaridan
olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning
belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining
birinchi 
va 
ikkinchi qismlarida

78-
moddasida
, 79-moddasining 
birinchi
 va 
uchinchi qismlarida

79

80

81

82

83

84-moddalarida

85-
moddasida
 (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga
zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash
mustasno), 
86

86
,
87

88

89-moddalarida 
(bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir
ko‘rsatish mustasno), 
89 -moddasida
, 90-moddasining 
birinchi qismida

91-moddasida
, 91 -
moddasining 
birinchi

ikkinchi 
va 
uchinchi qismlarida

91

91

92

93

95-moddalarida

96-moddasida
(davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 
148-moddasida 
(bundan ajratilgan mintaqalarda va
yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, yog‘och ko‘priklar va taxta
to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar mustasno),
163 -moddasida 
(bundan uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni
kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish mustasno), 
214-moddasida 
(tabiatni
muhofaza qilishga oid qismida), 
228-moddasida 
(tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
buzilganda muhrlar (plombalar) qo‘yilgan hollar) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(261-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-
noyabrdan kuchga kiradi)
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish
2
6
2
1
1
1
1
1
2
3
1


tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir:
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining
bosh davlat inspektorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining bosh davlat inspektorlari hamda ularning
o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yuz ellik baravarigacha miqdorda;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar
hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining katta
davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — yuz baravarigacha miqdorda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar
va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalarining
davlat inspektorlari, davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining,
tabiat bog‘larining, davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqlash xodimlari — fuqarolarga bazaviy
hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravarigacha
miqdorda jarima solishga.
(261-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi
O‘RQ-640-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-
son — 2021-yil 6-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling