O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


V bob. SAYLOV VA REFERENDUMNI TAShKIL ETISh HAMDA O‘TKAZISh SOHASIDAGI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

V bob. SAYLOV VA REFERENDUMNI TAShKIL ETISh HAMDA O‘TKAZISh SOHASIDAGI
HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
51 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov
komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining,
referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga
to‘siqlarni yuzaga keltirish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(51 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
51 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov
komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining,
referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, xuddi shuningdek ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqishni g‘ayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini
uzrli sabablarsiz buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(51 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
51 -modda. Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya
vakolatli vakilining huquqlarini buzish
Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining
huquqlarini buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(51 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling