O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

1
1
1
1
1


17 -modda. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
bojxona 
qo‘mitasining 
Yagona
avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning
ma’muriy javobgarligi
Ushbu Kodeks 227 -moddasining 
ikkinchi qismida
va 227 -moddasining 
uchinchi qismida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoxud uning ishonchli
vakili ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks 227 -moddasining 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik
sodir etilgan taqdirda, bojxona organi oldidagi majburiyatni o‘z zimmasiga olgan shaxs ma’muriy
javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks 227 -moddasining 
ikkinchi qismida
 nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik
sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar
mazkur huquqbuzarlik bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri axborot
ko‘rsatilganligi oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, tegishli hujjatlarni va axborotni taqdim etgan
deklarant yoxud uning ishonchli vakili ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot
tizimi orqali qayd etilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligiga doir ma’muriy ishlarni
ko‘rib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi e’tiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks
321-moddasining 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan hol mustasno.
(17 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son — 2022-yil 6-yanvardan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling