Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida axborotni birlamchi qayta ishlash funksiyasi va algoritimlari
Reja:
1.Axborot tizimi haqida tushuncha. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari.
2.Axborot tizimining dasturiy ta’minoti.
3.Avtomatlashtirilgan axborot tiziming tasniflanishi.
4.Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy va tamoyil juhatdan tuzilishi.
5.Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining rivojlanib borish tendentsiyalari.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida asosiy tushunchalar
Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalashti-rish, texnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.
Organilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham ayrim xususiyatlarga ega bo’lgan tizimning ko’plab tushuncha va ta’riflari mavjud.
Umumiy holatda tizim, deganda ular orasidagi va ularning xususiyatlari o’rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo’lgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog’langan qismlardan iborat butun bir ob’ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta’rifdagi tizimga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig’ilgan mashina; xujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog’langan ko’plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokazo. Bunday hollarda ob’ektlar(qismlar) yagona tizim sifatida ishlaydi, ya’ni har bir ob’ekt, kenja tizimlar, umumiy tizim oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi.
«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob’ektlar», «alo-qalar», «xususiyatlar».
Ob’ektlar – tizimning bir bo’lagi yoki komponentlari bo’lib, jismoniy, matematik o’zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo’linmalari kabi ko’plab cheklanmagan qismlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |