128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l
belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
Oldingi
tahrirga qarang.
Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari yoki
yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi (ushbu
Kodeksning
128 -moddasida
, 128 -moddasining
birinchi qismida
,
128
,
128
va
130-moddalarida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib o‘tish,
yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o‘tish joylaridan yurish, tashqi
yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo‘lovchilarga loyqa
sachratishi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(128-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(128-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki
marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(128-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch
marta va undan ortiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida jarima solishga yoki transport
vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
(128-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
3
4
5
6
Do'stlaringiz bilan baham: |