128 -modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan
foydalanishi
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan
telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarni ishlatmasdan turib so‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini
beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno), —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(128 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
128 -modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha
qilish maqsadida monitordan (displeydan) foydalanish
Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida
transport vositasi salonining old qismiga o‘rnatilgan monitordan (displeydan) foydalanish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(128 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
128 -modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib
yuborishi
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan
ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(128 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan
ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari
haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda
xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror
oshirib yuborishi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(128 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan
ortiq kattalikda oshirib yuborishi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining to‘qqiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(128 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan
ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport
vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan
kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir
yil davomida takror oshirib yuborishi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport
vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |