O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet149/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari
budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish
Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini,
shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(175 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
175 -modda. Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish
Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(175 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son — 2021-yil 1-apreldan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
175 -modda. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Davlat xaridlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi
bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chog‘ida maxsus
axborot portaliga davlat xaridlari bo‘yicha e’lonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama
o‘tkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlarga va xarid hujjatlariga qonunchilikda taqiqlangan hamda
raqobatni cheklovchi axborotni, havolalar va talablarni kiritish, xarid hujjatlarini tasdiqlash hamda
buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash
talablarini buzish, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni
yetkazib beruvchini, ish bajaruvchini va xizmat ko‘rsatuvchini raqobatli xarid usuli vositasida
aniqlash belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona yetkazib beruvchidan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
shartnomalar asosida amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar to‘qnashuvi haqida davlat xaridlari
to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik, shuningdek davlat xaridlari
to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari bo‘yicha takliflarni qabul
qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik
5

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling