etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki
Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, —
pornografik mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish
etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan to‘rt
yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan to‘rt
yuz ellik baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(189-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-658-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
189 -modda. Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni
tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
(189 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish,
namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, uni
reklama qilish,
namoyish etish, tarqatish, shu jumladan
ommaviy axborot vositalarida,
telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish
etish, tarqatish, —
(189 -moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni,
shu jumladan uni
tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish
vositalarini musodara qilib, fuqarolarga
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan to‘rt yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa
— yuz baravaridan to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(189 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: