241 -modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish,
qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish
Tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy
ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan
qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(241 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 192 -moddasining
birinchi qismi
.
241 -modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag‘lari
berishni asossiz ravishda kechiktirish
Oldingi
tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar,
stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari berishni
bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, —
(241 -moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(241 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
192 -moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |