O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet317/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

309-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
Organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, shu ish
yuzasidan qaror chiqaradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor
shaxsning) nomi; sud ishining raqami; ish ko‘rib chiqilgan sana; ishi ko‘rib chiqilayotgan shaxs
xususidagi ma’lumotlar; ishni ko‘rib chiqish paytida aniqlangan holatlarning bayoni; mazkur
ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; ish yuzasidan qabul
qilingan qaror, shuningdek uning ustidan shikoyat berish muddati va tartibi.
(309-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
308 -moddasida
nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning
kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki
yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki
qanoatlantirishni rad etish haqidagi to‘xtam ham ko‘rsatilishi kerak
(309-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi O‘RQ-289-sonli 
Qonuniga
muvofiq
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeks 242-moddasining 
1
va 
3-bandlarida
ko‘rsatib o‘tilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ma’muriy jazoni qo‘llanish to‘g‘risidagi
masalani hal qilish paytida aybdordan yetkazilgan mulkiy zararni undirib olish masalasi ham hal
etiladigan bo‘lsa, ish yuzasidan chiqarilgan qarorda undirib olinishi lozim bo‘lgan shu zararning
miqdori, uni undirib olish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
1
1
1


(309-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qo‘yilgan ashyolar va hujjatlar, shuningdek ushlab
turilgan transport vositalari to‘g‘risidagi masala ham hal etilgan bo‘lishi lozim.
Qaror majlisda ishtirok etayotgan kollegial organ a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan
qabul qilinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror mansabdor shaxs
tomonidan, organning qarori — majlisda raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror axborot tizimi orqali elektron hujjat
tarzida chiqarilishi va ijro etish uchun yuborilishi mumkin.
(309-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuniga 
asosan
sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jazo qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’muriy
huquqbuzarlik haqidagi bayonnomaga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.
(309-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
27-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling