O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilganligi O‘zbekiston Respublikasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet319/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

309 -modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilganligi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan
hollarda jarima solish to‘g‘risidagi qaror
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot
tizimi orqali qayd etilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlari bo‘yicha jarima solish
haqidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida
rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan
tasdiqlanadi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida huquqbuzarga
elektron shaklda yuboriladi yoki qog‘oz shaklida topshiriladi yoxud pochta orqali topshirilganligi
ma’lum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy;
uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi; ma’muriy javobgarlikka
tortilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan)
vaqt, joy va holatlar, ushbu Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni
nazarda tutuvchi moddasi ushbu moddaning qismi ko‘rsatilgan holda; qabul qilingan qaror,
tayinlangan jarimani to‘lash tartibi va muddatlari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning
huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berishning
protsessual tartibi.
(309 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son — 2022-yil 6-yanvardan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling