O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish. Shikoyatni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet341/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

324 -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish. Shikoyatni
(protestni) qaytarib olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisi boshlanguniga
qadar uni yangi vajlar bilan to‘ldirishga yoki o‘zgartirishga haqli.
Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror protestni kassatsiya
instansiyasi sudining sud majlisi boshlanguniga qadar to‘ldirishga yoki o‘zgartirishga haqli.
17
14
18
18
19
20


Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) o‘zgartirish yoki to‘ldirish kiritishda tegishincha ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ, jabrlanuvchi yoki uning vakili yoxud prokuror
tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning ahvolini yomonlashtirish to‘g‘risida masala,
agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida (protestida) mavjud bo‘lmasa, qo‘yilishi mumkin
emas.
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Kassatsiya protestini qaytarib
olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish
uchun alohida xonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi
va bu ajrim bilan, agar sud qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan bo‘lsa, kassatsiya
tartibida ish yuritishni tugatadi.
324 -modda. Ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka
tartibda ko‘rib chiqiladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi sudya ishni shikoyat (protest) bilan birga ko‘rib chiqish uchun
kassatsiya instansiyasi sudiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqargan kundan e’tiboran o‘n besh
sutkadan kechiktirmay ishni ko‘rib chiqishga kirishishi kerak.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqish davomiyligi uni ko‘rish boshlangan
kundan e’tiboran bir oydan oshmasligi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudi majlisida kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar va (yoki) ularning vakillari ishtirok etishi mumkin.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida lozim darajada xabardor etilgan shaxslar kelmaganligi
ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Kassatsiya tartibida ishni ko‘rish sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u ishning holatlarini,
ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari mazmunini, kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan
vajlarni bayon etadi.
Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish bo‘yicha tushuntirish berishga haqli.
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs birinchi bo‘lib tushuntirishlar beradi, agar ish prokurorning
protesti bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib prokuror so‘zga chiqadi.
Ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim qabul qilinadi.
Ajrimning ko‘chirma nusxalari kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga va ishda ishtirok
etuvchi boshqa shaxslarga ushbu Kodeksning 
324 -moddasida 
nazarda tutilgan tartibda
yuboriladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling