324 -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish uchun kassatsiya
instansiyasi sudiga kiritish to‘g‘risidagi ajrim mazmuni
Shikoyatni (protestni) ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun
kiritish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
(324 -modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-
716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) birinchi va apellatsiya instansiyasi sudining nomi va ular tomonidan qabul qilingan sud
hujjatlarining qisqacha mazmuni;
5) kassatsiya shikoyatining (protestining) qisqacha mazmuni;
6) shikoyatni (protestni) kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritish asoslari.
Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqish uchun
kiritish bilan bir vaqtda shikoyatni (protestni) bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra
nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini kassatsiya tartibidagi ish yuritish tamomlangunga qadar
to‘xtatib turishga haqli.
324 -modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Ish kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritilganligi haqida uch kunlik
muddatda kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga, shuningdek ishda ishtirok etuvchi
boshqa shaxslarga, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxl qilsa, xabar qilinadi.
Ushbu
moddaning birinchi qismida
ko‘rsatilgan shaxslarga shikoyatning (protestning)
ko‘chirma nusxasi yoki ularning elektron nusxalari bilan kassatsiya instansiyasi sudining internet-
resursi orqali tanishish imkoniyati to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. Bunda ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga ularning shikoyatga (protestga) doir e’tirozlarini yozma shaklda yoki elektron hujjat
tarzida berish huquqi, ushbu e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda, tushuntiriladi.
Shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |