O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet336/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

324 -modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish
natijalariga ko‘ra, apellatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) birinchi instansiya sudi qarorini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay
qoldirish to‘g‘risida;
2) birinchi instansiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini
bekor qilish va ishni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor
shaxsga) qaytarish haqida;
2
3
4
5
6
7
8
9
6
7
8


3) birinchi instansiya sudi qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish
to‘g‘risida;
4) birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risida;
5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik
to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirish haqida;
6) apellatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellatsiya ish yuritishini
tugatish to‘g‘risida.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi
mumkin.
324 -modda. Apellatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasini yuborish
(topshirish)
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin uning ko‘chirma nusxasi o‘ziga
nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqarilgan shaxsga, ma’muriy
huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga uch sutkagacha bo‘lgan muddatda topshiriladi
yoki yuboriladi, shuningdek jabrlanuvchiga o‘z so‘roviga binoan ushbu muddatda topshiriladi yoki
yuboriladi.
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori
ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan
qaror u qabul qilingan kuni qarorni ijro etuvchi organning, mansabdor shaxsning, shuningdek
o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsning va jabrlanuvchining e’tiboriga yetkaziladi.
(XXIV bobning 1-paragrafi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling