O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


XXIV BOB. JINOYAT IShLARI BO‘YIChA SUDNING MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet333/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

XXIV BOB. JINOYAT IShLARI BO‘YIChA SUDNING MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI
ISh YuZASIDAN QARORINI (AJRIMINI) QAYTA KO‘RISh BO‘YIChA ISh YURITISh
(XXIV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1-§. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
324 -modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan
shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellatsiya
shikoyati berishga, prokuror esa protest keltirishga haqli.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan shikoyat (protest)
ish bilan birga uch sutka ichida apellatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim.
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori
ustidan shikoyat (protest) apellatsiya instansiyasi sudiga shikoyat (protest) olingan kuni yuborilishi
lozim.
Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qarorni chiqargan sudga beriladi.
324 -modda. Apellatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari jinoyat ishlari bo‘yicha
tuman (shahar) sudlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish natijalari
yuzasidan birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi, asoslantirilganligi va
adolatliligini apellatsiya tartibida tekshiradi.
324 -modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari
Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan
apellatsiya shikoyati (protesti) qaror o‘qib eshittirilgan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, o‘ziga
nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qarorning ko‘chirma
nusxalari ularga topshirilgan yoki ular tomonidan ushbu ko‘chirma nusxalar olingan kundan
e’tiboran xuddi shu muddatda berilishi mumkin.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda,
apellatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, qarorni chiqargan sud,
agar muddatning o‘tkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni
tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti)
berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning
ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling