O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet331/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

321-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor
shaxsning) qarori
(321-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan
shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) quyidagi
qarorlardan birini qabul qiladi:
(321-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi
O‘RQ-531-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-
son)
1) chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi;
2) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
3) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni to‘xtatadi;
4) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik
to‘g‘risidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada o‘zgartiradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki
o‘zgartirish uchun: organ (mansabdor shaxs) tomonidan ishni to‘liq bo‘lmagan holda yoki bir
tomonlama ko‘rib chiqilishi; organ (mansabdor shaxs) hal qiluv qarorining va ushbu Kodeks
Maxsus qismining 
qo‘llanilgan normalari va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa
normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
ishlarni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi; qo‘llanilgan ma’muriy jazoning adolatsizligi asos bo‘lib
hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l
harakati qoidalari buzilishlariga doir ish yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining


Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik
buzilishlariga doir ish yangitdan ko‘rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda,
mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan
huquqbuzarliklarning takroriyligi inobatga olingan holda umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.
(321-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son — 2022-yil 6-
yanvardan kuchga kiradi)
Mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lmagan organ (mansabdor shaxs) tomonidan
chiqarilgan qaror bekor qilinadi, ish esa vakolatli organga (mansabdor shaxsga) ko‘rib chiqish
uchun yuboriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror yuzasidan berilgan
shikoyat yoki bildirilgan protest bo‘yicha qabul qilingan qarorda: u chiqarilgan vaqt va joy; shikoyat
yoki protestni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs; prokuror va boshqa ishtirok etayotgan
shaxslar; shikoyat bergan shaxs yoki protest bildirgan prokuror; ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgach shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan qarorning hamda
shikoyat, protestning mohiyati; chiqarilayotgan qarorni asoslanishi; shikoyat yoki protest yuzasidan
qaror ko‘rsatilishi lozim.
(321-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan
shikoyat yoki bildirilgan protestga doir qarorning nusxasi o‘zi haqida ana shu qaror chiqarilgan
shaxsga uch kun muddat ichida yuboriladi, jabrlanuvchiga esa — uning iltimosiga binoan
yuboriladi. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida prokurorga ma’lum qilinadi.
(321-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling