O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet332/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

322-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta
ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) vakolatlari
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror
yuqori turuvchi organ rahbari, prokurorning protesti bo‘yicha esa uni chiqargan organ tomonidan
ham ushbu Kodeksning 321-moddasi
 ikkinchi 
va
 uchinchi
 qismlarida belgilangan asoslar bo‘yicha
bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
323-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
xususida berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest bildirish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan
shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga prokuror protest bildirishi mumkin.
Shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest mazkur qarorni chiqargan organdan
(mansabdor shaxsdan) yuqori turuvchi organga kiritiladi.
(323-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
324-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni
bekor qilish oqibatlari
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish undirib
olingan pul summalarini, haqi to‘lab olib qo‘yilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib
berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bog‘liq boshqa cheklashlarni bekor qilishga
sabab bo‘ladi. Narsani qaytarib berish mumkin bo‘lmagan hollarda uning qiymati, basharti bu
narsalar tadbirkorlik uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqaroni ma’muriy qamoqqa olish g‘ayriqonuniy ravishda qo‘llanilganligi natijasida
yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(324-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling