O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


XXIV BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISh YuZASIDAN QAROR (AJRIM)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet328/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

XXIV BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISh YuZASIDAN QAROR (AJRIM)
USTIDAN ShIKOYAT BERISh VA PROTEST BILDIRISh
(XXIV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
314-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
xususida shikoyat berish huquqi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan o‘ziga nisbatan qaror
chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan, shuningdek
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi
mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qarori
ustidan shikoyat berish ushbu Kodeksning 
XXIV bobida
 belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2



(314-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
315-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
xususida shikoyat berish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga
(mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha
tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellatsiya instansiyasi sudiga shikoyat berilishi
mumkin. Iqtisodiy sudning qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual
kodeksida 
belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarori ustidan esa O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual 
kodeksida 
belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
(315-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ
(mansabdor shaxs) orqali yoki bevosita shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs)
shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga ushbu moddaga muvofiq shikoyatni ko‘rib
chiqish huquqiga ega bo‘lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat
bergan shaxs davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling