3) birinchi instansiya sudi qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish
va yangi qaror chiqarish
to‘g‘risida;
4) birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risida;
5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik
to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirish haqida;
6) apellatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellatsiya ish yuritishini
tugatish to‘g‘risida.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi
mumkin.
324 -modda. Apellatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasini yuborish
(topshirish)
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin uning ko‘chirma nusxasi o‘ziga
nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqarilgan shaxsga, ma’muriy
huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga uch sutkagacha bo‘lgan muddatda topshiriladi
yoki yuboriladi, shuningdek jabrlanuvchiga o‘z so‘roviga binoan ushbu muddatda topshiriladi yoki
yuboriladi.
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori
ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari
yuzasidan chiqarilgan
qaror u qabul qilingan kuni qarorni ijro etuvchi organning,
mansabdor shaxsning, shuningdek
o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsning va jabrlanuvchining e’tiboriga yetkaziladi.
(XXIV bobning 1-paragrafi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: