Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) berilayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning
joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi va ishdagi protsessual holati;
3) birinchi, apellatsiya instansiyasida ishni ko‘rgan sudlar, shuningdek ular tomonidan qabul
qilingan qarorlar mazmuni;
Oldingi
tahrirga qarang.
4) shikoyat berilayotgan (protest bildirilayotgan) sud hujjatlari va sud ishining raqami;
(324 -modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-
716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
5) sud hujjatini kassatsiya tartibida qayta ko‘rish uchun asoslar, bunday asoslar mavjudligini
tasdiqlovchi vajlarni keltirgan holda;
6) shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berayotgan
shaxs tomonidan imzolanishi
kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
(324 -moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
324 -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Kassatsiya shikoyati (protesti) quyidagi hollarda ko‘rib chiqilmasdan O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi sudyasining ajrimi bilan qaytariladi, agar u:
1) kassatsiya instansiyasi sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmagan
shaxs tomonidan
berilgan bo‘lsa;
2) ushbu Kodeksning
324 -moddasida
nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
Oldingi
tahrirga qarang.
(324 -modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-
716-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-
son)
4) ish kassatsiya tartibida ko‘rilishi lozim bo‘lmasa;
5) shikoyat (protest) belgilangan muddat o‘tkazilib berilgan bo‘lsa;
6) shikoyatni (protestni) chaqirib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Oldingi
tahrirga qarang.
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu
modda birinchi qismining
1 va 2-bandlarida
ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
(324 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Do'stlaringiz bilan baham: