O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni talab qilib olish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet339/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

324 -modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni talab qilib olish
Kassatsiya shikoyatini o‘rganib chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o‘rinbosarlari ishni kassatsiya tartibida takroran
ko‘rishga asoslar mavjudligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan
prokurorlar, shuningdek ularning o‘rinbosarlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaati
mavjud bo‘lgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirish masalasini hal etish uchun ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli.
324 -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatlari
Kassatsiya shikoyati (protesti) bir oygacha bo‘lgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa, ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi
13
13
14
13
14
14
15
16


lozim.
324 -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan o‘rganilib, u ko‘pi
bilan o‘n sutka muddatda quyidagi masalalarni hal etadi:
1) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 324 -moddasining 
birinchi qismiga 
muvofiq qaytarish
uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi;
2) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni talab qilib olish uchun asoslar mavjudligi yoki
mavjud emasligi haqidagi.
Shikoyatni (protestni) o‘rganish natijalariga ko‘ra, sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) shikoyatni (protestni) ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun
kiritish to‘g‘risida;
2) shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risida.
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga uch kunlik
muddatda xabar qilinadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling