O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet347/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

324 -modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizani qaytarish
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish
to‘g‘risidagi arizani, agar uni ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal qilishda quyidagilarni
aniqlasa, qaytaradi:
1) ariza ushbu Kodeksning 
324
va 
324 -moddalarida 
belgilangan qoidalar buzilgan holda
berilganligini;
2) ariza belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng berilganligini va uni tiklash to‘g‘risida
iltimosnoma mavjud emasligini;
3) muddatni o‘tkazib yuborish sabablari uzrsiz ekanligini, shunga ko‘ra ariza berish uchun
o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga asos mavjud emasligini.
Arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sudning arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 
1
 va
 2-bandlarida 
ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan
so‘ng ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
31
31
32
8
33
30
31


324 -modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizani ko‘rib chiqish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan oshmagan muddatda,
ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko‘rib chiqiladi.
Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun
to‘sqinlik qilmaydi.
324 -modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan qabul qilinadigan ajrim
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o‘zi qabul
qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim
chiqaradi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxalari
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi
(protest keltirilishi) mumkin.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bekor qilingan taqdirda,
ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni ushbu Kodeksda belgilangan
umumiy tartibda takroran ko‘radi.
(XXIV bob O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan
kuchga kiradi)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling