O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet343/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

324 -modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari kiritgan protestga ko‘ra
kassatsiya tartibida takroran ko‘radi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqidagi
protest kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan kundan e’tiboran olti oylik muddatda
keltirilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni takroran ko‘rish
ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda, mazkur ishni ko‘rishda ilgari
ishtirok etmagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining uch nafar sudyasidan iborat tarkibda
amalga oshiriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni takroran ko‘rish
chog‘ida ushbu Kodeksning 
324 -moddasida 
ko‘rsatilgan qarorlardan birini qabul qilishga, shu
jumladan kassatsiya instansiyasi sudining ilgari qabul qilingan ajrimini bekor qilishga yoki
o‘zgartirishga haqli.
324 -modda. Kassatsiya instansiyasi sudi ko‘rsatmalarining majburiyligi
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqan sudning ish
holatlari to‘la-to‘kis va har tomonlama tekshirilishini ta’minlashga, shuningdek ushbu Kodeks
normalari buzilishini bartaraf etishga qaratilgan ko‘rsatmalari ishni yangidan ko‘rayotgan
apellatsiya instansiyasi sudi uchun majburiydir.
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yangidan apellatsiya
tartibida ko‘rib chiqish uchun yuborayotganda ayb isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki
bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan afzalligi, ma’muriy
huquqbuzarlikning tasnifi va ma’muriy jazo chorasi to‘g‘risida oldindan xulosalar chiqarishga haqli
emas.
(XXIV bobning 2-paragrafi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling