O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet345/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

324 -modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari
quyidagilardan iborat:
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachiga ma’lum bo‘lmagan va
ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va mazkur ish bo‘yicha qonunga
xilof yoki asoslantirilmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan ekspertning bila turib
yolg‘on xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi, bila turib yolg‘on
tarjima qilinganligi;
3) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan holatlar, ya’ni ishda ishtirok
etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish chog‘ida sodir
etilgan jinoiy qilmishlari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) jinoyat ishlari bo‘yicha sudning yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoxud iqtisodiy
sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjati yoki
boshqa organning qarori yoxud boshqa huquqiy hujjati bekor qilinganligi.
(324 -moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
324 -modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizani berish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos
bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi
shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi.
Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi
boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi.
Ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddati ariza bilan murojaat qilgan shaxsning
iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan
kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish
sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Sud hujjatlari chiqarilgan paytdan e’tiboran bir yil o‘tgach berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
27

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling